Nukus fojiasi. Jurnalist Kallixonova aybiga iqror bo‘ldi
Jamiyat
−
30 noyabr 2022
13200Bugun, 30 noyabr kuni Buxoro viloyat sudi binosida 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish davom etmoqda.
Sudda asosiy ayblanuvchilardan biri “Makan” internet-nashrining sobiq ma’muri Lolagul Kallixonova o‘z aybiga iqror bo‘ldi.
“Makan” kanalining sobiq ma’muri sobiq advokat Dauletmurat Tojimuratov tomonidan tashkil etilgan va ijtimoiy tarmoqlar orqali separatizm g‘oyalari va ommaviy tartibsizliklarga chorlovchi uyushgan guruhga qo‘shilgan.
“Biz juda katta xatoga yo‘l qo‘ydik, o‘z yurtimizga tosh otdik”, deydi Kallixonov pushaymonlik bilan.
U o‘z ko‘rsatmalarida aybiga to‘liq iqrorligini va qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini aytib, sudlanuvchi Dauletmurat Tajimuratovning Nukus shahrida miting o‘tkazish haqida Jo‘qorg‘i Kenges raisi nomiga ariza qoldirgani haqidagi xabariga aldanib, uning ushbu gaplariga ishonib qolgani, shu sababli o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bildirish hamda videoroliklar chiqargani, lekin aholining bunchalik darajada ko‘tarilib ketishini bilmagani, Tajimuratovning aldoviga uchgani, ushbu qilmishi oqibatida odamlar vafot etgani, ularning o‘limida esa o‘zini ham aybdor deb bilishini, shu sababli o‘zini kechirmasligini, o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni to‘liq tan olishini bildirgan.
1989 yilda tug‘ilgan jurnalist Jinoyat kodeksining 28, 104-moddasi 3-qismi “a” bandi (ishtirokchilikda qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 159-moddasi 4-qismi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 244-moddasi 3-qismi (ommaviy tartibsizliklar) va 244−1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) kabilan bilan ayblanmoqda.
LiveBarchasi