Nufuzli institut o‘qituvchisi 21 yashar qizning sha’nini 400 dollarga “baholadi”
3-sahifa
−
06 aprel 2021
52264Samarqanddagi nufuzli institut o‘qituvchisi 21 yashar qizning fotosuratlarini tarqatib yuborish bilan tahdid qilib, qizdan 400 AQSH dollari undirmoqchi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Joriy yilning 2 aprel kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMBga fuqaro 21 yoshli Sitora A. ariza bilan murojaat qilib, unda obro‘li institutlardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi tanishi 27 yoshli Voxid F. unga tegishli sir saqlanishi lozim bo‘lgan fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmoqlariga tarqatib yubormasligi evaziga undan 400 AQSH dollari pullarni talab qilayotganligini bildirgan. Fuqaro Sitora A.ning ushbu arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, shu kuni soat 13:00 da Voxid F. Samarqand shahri Qo‘shhovuz mahallasi hududida Sitora A.dan 400 AQSH dollari pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Voxid F. , ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi