NRG Highland - mustahkamlik va qulaylikning yangi cho‘qqisi!

Biznes

image

Hech kimga sir emaski oramizda yashab turgan tumaniga bog‘lanib qolgan shaharliklar bor. Bunday toshkentliklarda o‘z yashash sharoitini yaxshilashga ehtiyoji paydo bo‘lsa, ular yangi uy izlanishni birinchi navbatda o‘zlari yashayotgan tumandan boshlaydi. Bunga sabab bunday insonlar o‘z turmush tarzini butkul o‘zgartirishni xohlamaydilar. Ular yo ota-onasidan uzoqlashishga tayyor emas, yoki bolalari maktab va bog‘cha o‘zgarishi sababli stressga uchrashini xohlamaydilar. NRG jamoasidan nafaqat yunusobodliklar, balki baxtli va farovon hayot uchun boy ijtimoiy inratuzilmaga hamda ideal joylashuvga ega ma’qul narxlarda sifatli, mustahkam va qulay ko‘chmas mulkni qadrlaydigan barcha uchun xushxabar bor.

Marhamat kutib oling - NRG Highland turar joy majmuasi. Biznes klass toifasidagi mazkur majmua klub uyi darajasidagi 88 ta shinam xonadonlardan iborat bo‘lib, shahardagi boshqa turar joy majmualariga nisbatan ko‘plab afzalliklar ega. Didi baland bo‘lgan iste’molchilarda hashamatli ko‘chmas mulkning nafaqat teleminoraning, balki butun shaharning ajoyib manzarasini ochib beradigan shaxsiy terrasasi mavjud bo‘lgan ikki qavatli kvartiralarni xarid qilish imkoniyati bor. Terrasada mehmonlaringiz bilan maroqli vaqt o‘tkazib, shahar manzarasidan shinam sharoitda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Tabiiy suvli katta istirohat bog‘lari, akvapark, supermarketlar, banklar, biznes markazlari, masjidlar, kafelar, restoranlar, respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan deyarli barcha muhim sport inshootlari NRG Highland'dan piyoda borish mumkin bo‘lgan uzoqlikda joylashgan. Bundan tashqari, hammaning sevimli taomi tayyorlanadigan boshqa diqqatga sazovor joy - O‘rta Osiyo osh markazi turar joy majmuasidan tom ma’noda bir qadam uzoqlikda joylashgan. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, siz va sizning mehmonlaringiz bu hududda hech ham och qolmaysiz.

NRG Highland'ning yaqinidagi ikkita metro bekati, rivojlangan transport infratuzilmasi, bolalar bog‘chalari, maktablar, universitetlar, xususiy va davlat tibbiyot muassasalari turar joy majmuini Toshkent kabi yirik megapolisda yashaydigan har qanday inson uchun juda jozibali joy deb e’tirof etish imkonini beradi.

NRG Highland turar joy majmuasi tepalikda joylashgan bo‘lib, majmua shu orqali qulay havo oqimlaridan oqilona foydalanadi, xususan, turar joy hududining havosi muntazam yangilanib, tozalanib turadi. Turar joy majmua binosi aralash me’moriy uslubda loyihalashtirilgan bo‘lib, majmuaning butun hududi bo‘ylab oilangiz bilan maroqli va xavfsiz vaqt o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa muhayyo. Turar joyda har qanday didni qondiruvchi va har xil yoshdagi odamlarning barcha ehtiyojlarini qondiruvchi keng tanlovga ega bo‘lgan shinam xonadon joylashuvi variantlari mavjud. Masalan, katta oila uchun eksklyuziv 6 xonali xonadon mavjud. Birinchi qavatda shift balandlig 4,5 metr bo‘lgan savdo maydonlari ham bor.

NRG kompaniyasining barcha turar joy majmualarida eng yuqori sifatli materiallar, Yevropada ishlab chiqarilgan deraza profillari, ishonchli va yuqori tezlikdagi liftlar, mustahkam kirish eshiklari bilan jihozlanadi.

Turar joy majmuasi quyidagi afzalliklarga ega:

• Avtomobillarsiz xavfsiz hovli;
• 24 soat faoliyat yurituvchi xavfsizlik xizmati va videokuzatuv;
• Yer osti avtoturargohi va aqlli shlagbaum;
• Hududning ko‘rkam landshaft dizayni;
• Har xil yoshli insonlar uchun bir nechta dam olish zonalari;
• Workout maydonchasi;
• Kichik farzandi bor onalar sayr qilishi uchun maxsus yo‘laklar;
• Xizmat ko‘rsatish kompaniyasi.

NRG Highland ko‘plab hashamatli ko‘chmas mulk variantlari orasidan eksklyuziv va yuqori sifatni xush ko‘ruvchi insonlar uchun munosib tanlovdir. Shuningdek, NRG Highland'dan ko‘chmas mulk sotib olish bu pulingizni jamg‘arish va eng to‘g‘ri sarmoya kiritishning ajoyib imkoniyatidir. 

NRG Highland'dan orzuingizdagi xonadonni xarid qilishga ulguring!

Batafsil ma’lumot: 1060

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Reklama huquqi asosida.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing