Jokovich “Katta dubulg‘a”dagi sovrinlar borasida Federerni ortda qoldirdi

Sport

image

Dunyoning uchinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich “Uimbldon” turnirining finalida avstraliyalik Nik Kiriosni 4:6, 6:3, 6:4, 7:6 hisobida mag‘lub etib chempionga aylandi.

Qayd etish joizki, ushbu g‘alaba orqali serbiyalik tennis ustasi “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqalarda o‘zining 21-unvonini qo‘lga kiritdi va 20 ta sovrin yutishga erishgan Rojer Federerni ortda qoldirdi. Jokovichdan oldinda endilikda faqatgina ispaniyalik tennischi Rafael Nadal bor. Nadal umumiy hisobda “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi musobaqalarning 22 tasida zafar quchgan.

Shuningdek, Jokovich “Uimbldon”da ketma-ket to‘rtinchi va umumiy hisobda yettinchi g‘alabasini nishonladi. Novak bu natijasi orqali afsonaviy Pit Sampras bilan tenglashib oldi. London kortlarida g‘alaba qozonish bo‘yicha shveysariyalik Rojer Federer rekordchidir. Uning hisobida 8 ta g‘alaba mavjud. 

Ma’lumot uchun, Novak Jokovich ATP darajasidagi musobaqalarning jami 88 tasida chempionlikni qo‘lga kiritgan. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha tarixdagi eng yaxshi 5-natijani qayd etib turibdi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing