Novak Jokovich ATP reytinggidagi yetakchilikni topshirdi

Sport

image

Rossiyalik Daniil Medvedev dunyoning eng kuchli tennischisi bo‘ldi

Bugun, 28 fevral kuni ATP tennischilarning yangilangan reytinggini e’lon qildi. Unga ko‘ra, rossiyalik raketka ustasi Daniil Medvedev rasman dunyoning birinchi raqamli tennischisi bo‘ldi. Medvedev yangilangan jadvalda dunyoning eng nomdor tennischilari Novak Jokovich va Rafael Nadal kabilarni ortda qoldirdi.

Dunyoning eng kuchli 10 ta tennischisi ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

1 (2 reytingdagi oldingi o‘rni) Daniil Medvedev (Rossiya) – 8615 (reyting balli)
2 (1) Novak Jokovich (Serbiya) – 8465;
3 (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) – 7515;
4 (5) Rafael Nadal (Ispaniya) – 6515;
5 (4) Stefanos Sitsipas (Gretsiya) – 6445;
6 (7) Andrey Rublyov (Rossiya) – 5000;
7 (6) Matteo Berrettini (Italiya) – 4928;
8 (8) Kasper Ruud (Norvegiya) – 3915;
9 (9)  Feliks Oje-Alyassim (Kanada) – 3883;
10 (11) Xubert Xurkach (Polsha) – 3496.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin ATP reytinggida 178 ball bilan 279-pog‘onada qayd etilgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

15

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing