Notr-Dam ibodatxonasidagi dahshatli yong‘in bartaraf etildi
Olam
−
16 aprel 2019
6115Avvalroq, Parij shahridagi Notr-Dam – “Muqaddas ona” ibodatxonasi yonib ketgani haqida ma’lumot bergan edik. Ayni vaqtga kelib, sodir bo‘lgan yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Bu haqda RIA NOVOSTI xabar qilmoqda.
“Ayni paytda hududni ko‘zdan kechirayapmiz. Qolib ketgan yong‘in o‘choqlari yo‘q qilinmoqda. Yong‘in qayta chiqmasligi uchun issiq konstruksiyalarni sovutayapmiz”, deya ma’lum qilgan Parij o‘t o‘chirish xizmati xodimi Gabriel Plyus
Yong‘inning kelib chiqishiga, taxminiy sabab sifatida ibodatxona hududida olib borilayotgan qayta ta’mirlashlar keltirilmoqda. Shu sababdan hudud to‘liq o‘rab olingan.
Yong‘inni bartaraf etish uchun 400dan ortiq o‘t o‘chiruvchilar ish olib borishdi. Agar yong‘in vaqtida bino qulashi xavfi paydo bo‘lsa, o‘t o‘chiruvchilarni qutqarish uchun aviatsiya ham jalb etilgan.
Yong‘in hududiga Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va premer-ministr Eduar Filipp ham tashrif buyurgan. Prezident “Muqaddas ona” ibodatxonasi butun fransuzlarning ramziy timsoli ekanligini ta’kidlagan.
Shuningdek, u bu yong‘inni dahshatli dramaga qiyoslagan va tez kunda ibodatxonaning qayta tiklanishiga vada bergan.
Rasmiy Parijning ma’lum qilishicha, ibodatxonaning asosiy qismlari saqlab qolingan.
LiveBarchasi