Nosvoyning taqiqlanishi juda katta norozilik tug‘diradi – Vorisova

Jamiyat

image
Nosvoy chekish saratonga olib keladi – SSV north_east

Nosvoy chekish saratonga olib keladi – SSV

O‘zbekistonda nosvoy savdosining taqiqlanishi jamiyatda juda katta norozilikni tug‘dirishi mumkin. Bu haqda bugun, 3 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida deputat Maqsuda Vorisova “Alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatilishi va iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun loyihasining muhokamasida aytib o‘tdi.

“Nosvoyni taqiqlashimiz kerak, lekin nosvoyni taqiqlash jamiyatda juda katta norozilikni tug‘diradi. Agar biz nosvoy tayyorlash, uning realizatsiyasini asta-sekin tartibga solmasak, bu narsa to‘xtab qolmaydi. Real hayotga qarashimiz kerak, deyuri emas defakto judayam ko‘p miqdordagi nosvoy sotuvda turibdi. Biz nosvoyni borligidan, uni xalqimiz iste’mol qilayotganidan ko‘z yumsak bu faktlar o‘zgarib qolmaydi, hayot o‘zgarib qolmaydi”, deydi deputat.

Maqsuda Vorisovaning ta’kidlashicha, “Alkogol va tamaki mahsulotlarinig tarqatilishi va iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun loyihasining 22-moddasida belgilangan tartiblar nosvoyni ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga nisbatan tadbiq etilmaydi.

“Agar biz nosvoyga taqiq qo‘yganimizda juda katta norozilik effektini olgan bo‘lardik”, deya qo‘shimcha qildi deputat Vorisova.

Majlisda qonun loyihasi xalq vakillari tomonidan qizg‘in muhokama etildi va bahsli bo‘lgan ayrim moddalar bo‘yicha takliflar berildi. Bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, loyihani yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq deb topildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

395

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing