Nosoz yo‘l sabab ikki Nexia to‘qnashib, bir kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Surxondaryoda ikkita Nexia rusumli avtomobil to‘qnashdi. Oqibatda 26 yoshli erkak voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB YHXB xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Yo‘l-transport hodisasi joriy yilning 8 aprel kuni soat 15:50 larda Boysun tumani To‘da mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-105 avtomobil yo‘lining 17-kilometrida sodir bo‘lgan. 

24 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Nexia Boysun-Termiz yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtda ehtiyotsizligi va tezlikni oshirishi oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va ro‘parasidan harakatlanib kelayotgan 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashgan. 

YTH oqibatida Nexia ichida bo‘lgan ikki yo‘lovchidan biri 26 yoshli N.Y. hodisa joyida vafot etgan. 18 yoshli ayol esa og‘ir tan jarohati bilan tez tibbiy yordam bo‘limiga olib ketilgan.

IIB YHXB xodimlari tomonidan avariya sodir bo‘lgan joy o‘rganilganida yo‘lga ajratuvchi chiziqlar chizilmagani, yamash ishlari olib borilgani aniqlangan. Bu bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar xodimlariga tegishli ko‘rsatmalar berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing