Norov Blinken bilan uchrashish uchun AQSHga ketyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Amerika Qo‘shma Shtatlariga ketyapti. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 12-14 dekabr  kunlari Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi  delegatsiyasi Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrif buyuradi. 

Vashington shahrida delegatsiya O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik muloqotining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi. 

Tashrif doirasida Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken hamda AQSHning boshqa rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing