Norin-Qoradaryo irrigatsiya bo‘limida ish haqlari talon-toroj qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning fevral oyi davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan qonunchilikni takomillashtirish, sohalardagi korrupsion xavf-xatarlarni o‘rganish, aholida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik kayfiyatini shakllantirish, xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish yo‘nalishlarida bir qator ishlar olib borildi. Bu haqda agentlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Agentlik direktorining Farmoyishi asosida Suv xo‘jaligi vazirligi va uning quyi tizimlarida hamda ustavida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan suv xo‘jaligi sohasidagi davlat korxona, muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, korrupsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlash va tegishli baho berish yo‘nalishidagi ishlarning umumiy holati o‘rganilgan.

Xususan, o‘rganishda Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimidagi irrigatsiya bo‘limi mansabdor shaxslari tomonidan budjet hisobidan ajratilgan ish haqlarini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan. To‘plangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan bo‘lib, o‘rganish yakuni bo‘yicha bo‘lim mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing