Norboyeva Jahon banki mulozimlari bilan uchrashuvda muhim kelishuvga erishdi

Jamiyat

image

2021 yil 19 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Jahon bankining Markaziy Osiyo buyicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk hamda Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasi raxbari Marko Mantovanelli bilan uchrashdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati Axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va yangi yo‘nalishlarni qamrab olgan holda hamkorlik ko‘lamini kengaytirish imkoniyatlari to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

Tomonlar Hukumatning 2021 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy rivojlanish rejalari, shu jumladan, xususiy sektorni rivojlantirish va sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha rejalashtirilgan islohotlarning navbatdagi siklini ham muhokama qilgan.

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli ta’kidlashicha, Tanzila Norboyevaning Jahon banki rahbarlari bilan olib borgan muzokaralari natijasida qishloq joylarida xotin-qizlar va yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 2,7 mln AQSH dollariga teng dastlabki loyiha tayyorlangan. Loyiha joriy yilda amalga oshirilishi ko‘zlangan.

Shuningdek, uchrashuvda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, xususan, qishloq joylarida faoliyat boshlagan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yuzasidan fikr almashilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

62

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing