Norboyeva Rossiya Davlat Dumasi raisi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 14 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi doirasida Kreml devoridagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, Norboyeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin bilan uchrashdi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish nuqtai nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari to‘g‘risida fikr almashilgan. O‘zbekiston tomoni mamlakatda olib borilayotgan islohotlar natijalari, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdagi muhim masalalar haqida ma’lumot bergan.

Volodin O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarni yuqori baholab, O‘zbekiston-Rossiya investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda Rossiyaning ko‘mak berishga tayyorligini ta’kidlagan.

Terrorizm, narkotrafik va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, xavfsizlikni mustahkamlash va raqamli suverenitetni ta’minlovchi qonunchilikni shakllantirish bo‘yicha model qonunlar tayyorlash sohasida hamkorlik qilish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing