Norboyeva hamda bir guruh senatorlarga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni berildi
Jamiyat
−
28 aprel 2021
4296O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan edi.
Senat Axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ular orasida 6 nafar Oliy Majlis Senati a’zolari ham bor.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norbayeva, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbidin Burxonov, Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Narimon Umarov, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tolibjon Madumarov birinchi darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Narimon Umarov
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonidan tashqari “Shuhrat” medali hamda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan ham taqdirlangan.
LiveBarchasi