“Nomi boru o‘zi yo‘q”. Talabalar uchun tugagan chiptalarga chegirma e’lon qilindi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston temiryo‘llari” poyezd chiptalari uchun talabalarga 50 foizlik chegirma berilishini e’lon qildi. Ammo qishki ta’til boshlanishidagi deyarli barcha chiptalar sotib bo‘lingan. 

“O‘zbekiston temiryo‘llari”ning matbuot xizmatiga ko‘ra, 25 dekabrdan 7 yanvarga qadar o‘rnatilgan tartibda barcha mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarning temiryo‘l hujjatining to‘liq qiymatidan 50 foiz chegirma amal qiladi.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi uchun chegirma berilmaydi.

Ammo eticket.railway.uz saytiga kirilganda deyarli barcha chiptalar sotib bo‘linganini ko‘rish mumkin. 

Qayd etish kerakki, bu holat har yili takrorlanadi va tugagan chiptaga kechikib chegirma e’lon qilinadi. Bunday vaziyat esa talabalarning sarson bo‘lishi, sovuq ob-havoda turli xil avtohalokatlar soni ko‘payishi va ularda talabalarning ham vafot etishiga olib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing