“Nomerini” bo‘yagani uchun 10 “minimalka” to‘laydigan bo‘ldi
Jamiyat
−
29 Oktabr 2019
6322Kecha, 28 oktyabr kuni soat 22:09 da Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasining Facebook`dagi “IIBB: Aholi bilan muloqot (Toshkent)” guruhiga poytaxt haydovchilaridan biri avtomobilining davlat raqamini qisman bo‘yab qo‘ygani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Ushbu o‘zgartirish sababli davlat raqam belgilari qoidabuzarliklarni qayd qilish avtomatlashtirilgan kameralari tomonidan tanib bo‘lmaydigan holga kelgan. Xabar darhol Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlariga yetkazildi.
Bugun, 29 oktyabr kuni soat 10:45 da avtomobil topildi. Bu KIA Optima rusumli avtomobil (davlat raqami 01 B 228 EB) bo‘lib, uning haydovchisi 38 yoshli jizzaxlik Roman Ye. ekani ma’lum bo‘ldi. U avtomobilni ishonchnoma bo‘yicha boshqargan. Forobiy ko‘chasidan topilgan avtomobilning tekshiruvi davomida davlat raqami belgilariga o‘zgartirish kiritilgani fakti aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga muvofiq, ushbu transport vositasi jarima maydonchasiga joylandi.
"Joriy qonunchilikda davlat raqam belgisi yasama yoki o‘zga usullarda o‘zgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo‘lmagan transport vositasini boshqarish – eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi