Noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir necha aviareys bekor qilindi
Jamiyat
−
10 yanvar 2023 4730 2 daqiqa
O‘zbekistonda noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir necha parvoz bekor qilindi, ba’zi reyslar kechiktirildi yoki boshqa aeroportlarga yo‘naltirildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Noqulay ob-havo sharoiti sababli ayni paytda Toshkent aeroportida quyidagi yo‘lovchi reyslari kechiktirildi:
HY9685 Toshkent-Sochi mahalliy vaqt bilan 10:12 da jo‘nab ketdi;
HY011 Toshkent-Nukus mahalliy vaqt bilan 10:30 ga qoldirildi;
TK369 Toshkent-Istanbul mahalliy vaqt bilan 10:35 ga qoldirildi;
HY271 Toshkent-Istanbul qatnovi mahalliy vaqt bilan soat 11:00 ga qadar kechiktirildi.
Shuningdek, "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining Buxoro-Namangan-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha HY73/74 reyslari noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilindi.
"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining HY9605 Samarqand-Moskva, HY639 Samarqand-Sankt-Peterburg yo‘nalishidagi reyslari ob-havo sharoiti tufayli soat 15:00 ga qoldirildi. HY065 Toshkent-Termiz mahalliy vaqt bilan soat 14:00 ga qadar kechiktirildi.
Flydubai aviakompaniyasining Samarqand-Dubay yo‘nalishi bo‘yicha FZ770 reysi esa soat 19:00 ga ko‘chirildi.
Hozirda Samarqand aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagini tozalash ishlari munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish/jo‘natish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.
Flydubai aviakompaniyasining Dubay-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha FDB769 reysi aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Navoiy shahridagi muqobil aerodromga qo‘ndirilgan.
Noqulay ob-havo sharoiti sababli ayni paytda Toshkent xalqaro aeroportida quyidagi yo‘lovchi reyslari kechiktirilmoqda:
HY745 Toshkent-Tbilisi soat 11:00 ga qoldirildi;
HY011 Toshkent-Nukus 11:00 ga qoldirildi;
HY023 Toshkent-Buxoro kechiktirildi;
HY603 Toshkent-Moskva kechiktirildi;
HY333 Toshkent-Dubay kechiktirildi;
HY5303 Toshkent-Jidda kechiktirildi;
5P557 Toshkent-Moskva kechiktirildi;
HY091 Toshkent-Andijon bekor qilindi.
Live
Barchasi