Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga subsidiya beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga har bir xodim uchun 6 oygacha bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida oylik subsidiya beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishni rag‘batlantirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi qaror loyihasida so‘z borgan.

Qaror loyihasiga ko‘ra, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) – har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya beriladi.

Shuningdek, joriy yilning 1 iyulidan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlariga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida ijtimoiy buyurtma beriladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxsni ishga qabul qilganlik uchun subsidiya olish maqsadida mahalliy mehnat organiga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qilinadi. Murojaat 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing