Nogironlar bilan ishlaydigan tashkilotlarga davlat subsidiya ajratadi

Jamiyat

image

Endi nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlaydigan nodavlat tashkilotlari va ularning hududiy bo‘limlari (Nogironlar, Ko‘zi ojizlar jamiyati, Nogironlar assotsiatsiyasi, Karlar jamiyati) xodimlariga oylik to‘lash uchun davlatdan subsidiya ajratiladi. Bu haqda bugun, 29 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ta’kidladi.

Mirziyoyevga ko‘ra, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni to‘liq ta’limga jalb etish maqsadida yangi “Nurli maskan” nomini olgan maktablarda yangi o‘quv yilidan qo‘shimcha 850 ta o‘quv xonalari va 1 ming 200 ta yotoqxona o‘rni tashkil etiladi.

Shuningdek, davlat buyurtmasi asosida ushbu maktab kutubxonalari Brayl yozuvidagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, badiiy hamda bolalar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlanadi. 2023 yildan ushbu tajriba respublikaning barcha hududlarida joriy etiladi.

Bundan tashqari, 3 mingdan ziyod zaif eshituvchi bolalarga zamonaviy eshitish moslamalari yetkazib beriladi. Bunga byudjetdan 11 milliard so‘m ajratiladi. Maxsus maktab-internatlarning barcha xodimlariga 50 foiz ustama to‘lash joriy etiladi. Bunga  30 milliard so‘m beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing