Nodirbek Abdusattorov tezkor shaxmatda eng yosh jahon chempioni bo‘ldi
Sport
−
29 dekabr 2021
8302O‘zbekistonlik 17 yoshli shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Polsha poytaxti Varshava shahrida o‘tkazilayotgan shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi.
13-turda Nodirbek Abdusattorov polshalik shaxmatchi Yan Kshishtof Duda bilan, AQSH vakili Fabiano Karuana rossiyalik Yan Nepomnyashiy bilan, norvegiyalik Magnus Karlsen esa yana bir amerikalik shaxmatchi Xikaru Nakamuraga bilan durang o‘ynadi.
Natijada biryo‘la 4 shaxmatchi bir xil ochko jamg‘ardi. Yakuniy natijalarga ko‘ra tay-brekda Abdusattorov Yan Nepomnyashiyga qarshi bahs olib bordi va 1,5-0,5 hisobida g‘alabaga erishib, rapid yo‘nalishida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15