Nodirbek Abdusattorov xalqaro shaxmat turnirida jahon yulduzlarini ortda qoldirmoqda
Sport
−
16 Oktabr 2022
576714 oktyabrdan 21 oktyabrgacha davom etadigan "Meltwater Champions Chess Tour"ning "Aimchess Rapid" turnirida o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 8-tur natijalariga ko‘ra, 5 ta g‘alaba va 2 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat bilan 24 imkoniyatdan 17 ochko to‘plagan holda jahon shaxmat yulduzlari ichida birinchi o‘rinda bormoqda.
Abdusattorov kechagi bahslarga qadar Mittal Aditya (Hindiston), Richard Rapport (Ruminiya), David Anton Guijarro (Ispaniya)ni mag‘lub etdi. Hindistonlik Arjun Yerigaisi bilan partiyada esa durangga imzo chekdi. Kecha tunda o‘tkazilgan bahslarda Nodirbek hindistonlik Vidit Santoshga qora donalarda imkoniyatni boy berdi. Oltinchi turda Abdusattorov Hindistonning yana bir vakili Dommarju Gukeshga qarshi dona surib g‘alaba qozondi. Yettinchi turda esa O‘zbekiston vakili taniqli grossmeyster Pentala Xarikrishnani qora donalarda dog‘da qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, "Meltwater Champions Chess Tour" onlayn musobaqa hisoblanib, mazkur turnirning sovrin jamg‘armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil etadi.
Shahzod Shukurov
LiveBarchasi