Nodir Jonuzoq Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
30 dekabr 2022
9315Nodirjon Jonuzoqovich Xolbutayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zA agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ketgan. Nodirjon Xolbutayev ushbu lavozimda joriy yilning aprel oyidan beri ishlab kelayotgan edi.
Xalq orasida Nodir Jonuzoq sifatida tanilgan shoir 1976 yilda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ko‘p yillar davomida “Yoshlik” jurnalida bosh muharrir sifatida ishlagan.
Nodir Jonuzoq 2018 yil aprelida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan. 2019 yil dekabrda esa uyushma raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi