Nissan yangi sport avtomobilini namoyish qildi

Texnologiya

image

Bugun, 16 sentyabr kuni Yaponiyaning Nissan kompaniyasi Z Proto nomli sport mashinasini namoyish qildi. Bu haqda Autocar xabar berdi.

Sport mashinasining dizayni klassik Nissan modellaridan meros bo‘lib o‘tgan. Uning kapot va faralarining shakli o‘tgan asrning 70-yillarida ishlab chiqarilgan 240Z sport avtomobilini eslatadi. 

Modelning uzunligi 4382 mm, kengligi 1850 mm, balandligi 1310 mm. Avtomobil 19 dyuymli qotishma g‘ildiraklar, karbondan tayyorlangan turli xil dekorativ elementlar bilan ta’minlangan.

Salon 12,3 dyuymli raqamli asboblar paneli, uch karra ko‘p funksiyali rul, sensor ekranli ko‘ngilochar tizim va charm bilan qoplangan o‘rindiqlar bilan jihozlangan.

Kompaniya sport avtomobilining seriyali versiyasi taqdimoti 2021 yilda o‘tkazilishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing