Nima uchun siz Tashkent City sayilgohiga tashrif buyurishingiz kerak?

Biznes

image

Bayramoldi tadbirlar ayni qizg‘in pallada: bezatilgan archa, havo sharini uchirish, 35 metrlik hot-dog, 50 metrlik lavash va ulkan gamburger – minglab mehmonlar yilning asosiy bayramini kutgan holda, keng miqyosli tadbirga guvoh bo‘lishadi va o‘zlari bilan yaxshi kayfiyat to‘lqinlarini olib ketishadi.

Biroq eng qiziqarli, eng yorqin voqealar hali oldinda: shokolad festivalida 250 kg vaznli plitka, Apexpizza 50 metrlik pitssa tayyorlaydi, shuningdek, yuzlab eng quvnoq animatorlar karnavali va 1000 ta qorbobolar paradi. Qaysi yangi yil sovg‘alarsiz o‘tadi? 21, 22 va 23 dekabr kunlari sayilgohning katta sahnasida eng faol mehmonlarga o‘nlab sovg‘alar topshiriladi. Har kuni sayilgohda tashrif buyuruvchilarni o‘nlab rang-barang va qiziqarli animatorlar, keng ko‘lamli dekoratsiyalar va foto zonalar kutadi.

Lekin, bu hali hammasi emas, 31 dekabr kuni, yangi yil arafasida, tashrif buyuruvchilar orasida yorqin taassurotlarga havasmand bo‘lganlarni befarq qoldirmaydigan alohida “syurpriz” kutmoqda.

Shuningdek, muzeyga odatdagi 30 000 so‘m o‘rniga maxsus narxda – 20 000 so‘mga tashrif buyurib, siz nafaqat mashhurlar muzeyiga kirasiz, balki Hyundai Creta yoki Hyundai Accent avtomobillarining egasi bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan aksiya ishtirokchisiga aylanasiz. Aksiya allaqachon boshlangan va 10 yanvarga qadar davom etadi.

Yangi yilni sayilgohdagi restoranlar ham kutib olishni unutmadilar, shuning uchun 20 dekabr kuni Dayako Restobar bolalar uchun kosmik sayohat, xorovod va sovg‘ali viktorina kabi tadbirlarni o‘tkazadi. Ramiz kafesi ham yangi yil uslubida bezanib, mehmonlarni o‘zgacha, turk kayfiyati bilan kutib oladi va har hafta 3 000 000 so‘mlik vaucher o‘ynaydi.

2020 yilning 17 dekabridan boshlab sayilgohga bayram dasturiga kirish faqat chiptaxona orqali amalga oshiriladi, bu yerda chiptalarni sotib olish orqali siz eng quvnoq his-tuyg‘ular va pozitiv kayfiyatga ega bo‘lasiz.

Bayram chiptalari narxi:

Kattalar uchun 12 yoshdan – 10 000 so‘m
Bolalar uchun 5 yoshdan 12 yoshgacha – 5000 so‘m
5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul

Telefon: (+998) 71-203-77-99.

Facebook Instagram YouTube


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

265

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing