Nima saraton xastaligiga davo ekanligi ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
14 may 2019
9244Hozirgi kunda esa karam saraton xastaligi kushandasi sifatida ham tilga olinadi. Karam tarkibidagi vitaminlar saraton, oshqozon-ichak xastaliklarini davolashda kuchli ta’sirga ega ekanligi aniqlandi.
Dunyoda karamning 100 dan ortiq turi mavjud. Pekin, brokkoli, rangli, savoy, bryussel va kolrabi karamlari, ayniqsa, aholi tarafidan sevib iste’mol qilinadi.
Karam sharbatidan kosmetologiyada keng foydalanishadi. Aytishlaricha, u inson terisini yoshartirishda muhim ahamiyat kasb etarkan.
Qadimiy yunonlar karamni ichkilikdan keyingi holatni me’yorga keltirishda tengsiz, ya’ni, hushyorlik, sergaklik belgisi sifatida yuqori baholashgan. Yaponiyada karam nafaqat oziq-ovqat sifatida ekiladi, balki go‘zallik ramzi sifatida ham qadrlanadi.
Karam ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda muhim rol o‘ynaydi. Karam sharbatidan tibbiyotda shamollashga va mikroblarga qarshi vosita sifatida keng foydalanishadi. U oshqozon yarasi hamda gastritni davolashda ham tengsizdir.
Karam tarkibida tarvuzga nisbatan ko‘proq nitratlar mavjud. Qadimiy rimliklar karamdan faqat katta bayramlardagina taomlar pishirishgan.
Xitoyliklar dunyoda birinchi bo‘lib nordon karam turini o‘ylab topishgan. Uni sharobga to‘yintirgach, Buyuk Xitoy devorini qurgan qullarga berishgan. Shuningdek, karam organizmdagi ortiqcha tuzlarni yo‘q qilish xususiyatiga ega.
LiveBarchasi