Nikolas Maduraga Rossiya va Xitoy yordam beradi
Olam
−
16 avgust 2019
4846Rossiya va Xitoy Venesuela sportchilariga navbatdagi yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.
Bu haqda 15 avgust kuni Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.
"Rossiya va Xitoy bizga mashg‘ulotlarda maxsus yordam taklif qildi", deb yozadi Maduro twitter`da.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab sportchilar Rossiya va Xitoyga mashg‘ulotlarga borishi mumkin.
"Ishonchim komilki, Tokio Olimpiadasida o‘z tariximizdagi eng yaxshi natijalarni namoyish etamiz", deya qo‘shimcha qildi Maduro.
Yozgi Olimpiya o‘yinlari 2020 yil iyul-avgust oylarida Yaponiya poytaxtida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15