Nikolas Keyj o‘zidan 31 yosh kichik rafiqasi bilan ko‘rinish berdi 

Madaniyat-san’at

image

Mashhur Gollivud aktyori Nikolas Keyj Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan nufuzli "Oskar" mukofotini topshirish marosimida o‘zidan 31 yosh kichik rafiqasi Riko Shibata bilan ko‘rinish berdi. Juftlikning birga tushgan surati "Daily Mail" nashrida chop etildi.

Nashrning yozishicha, 60 yoshli Nikolas Keyj va 29 yoshli Riko kinomukofotni topshirish marosimida ko‘pchilikning e’tiborini tortgan. Ular 2019 yilda Tokioda suratga olish paytida tanishgan. Gollivud aktyori koronavirus pandemiyasi davrida FaceTime orqali Rikoga turmush qurishni taklif qilgan. 2021 yil fevral oyida sevishganlar to‘y marosimini o‘tkazgan. Mashhur aktyor dabdabali bayram uyushtirishni istamagan, balki Las-Vegasdagi Wynn mehmonxonasida kichik va ixcham tadbir o‘tkazish bilan kifoyalangan. 

"Bir yil o‘tgach, Nikolas Keyj va Riko Shibata qizli bo‘lishdi. Baxtli juftlik kichkintoyning guvohnomasiga Avgusta Francheska Koppola Keyj deb yozdirib qo‘ydi", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Oskar mukofoti Nikolas Keyj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing