Niqobsiz konduktor hamda yo‘lovchi o‘rtasida tortishuv yuz berdi

Jamiyat

image

Joriy yil 3 avgust kuni Toshkent shahrida avtobus chiptachisi va yo‘lovchi o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “4-Avtobus saroyi” MCHJ tasarrufidagi 57-sonli avtobus yo‘nalishi konduktori L.T. yo‘l haqini kam to‘lagan yo‘lovchidan to‘lovni to‘liq to‘lashini talab qilgan. Oqibatda yo‘lovchi uni yomon so‘zlar bilan haqorat qilgan.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, xodim xizmat vaqtida tibbiy niqobsiz ishlagani hamda muomala madaniyatiga rioya qilmaganli uchun Mehnat kodeksining 181-moddasiga (Intizomiy jazolar) asosan o‘rtacha oylik maoshi hisobidan 10 foiz miqdorda jarimaga tortilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

312

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing