“Niqob taqchilligi”. O‘zbekistondagi dorixonalarda niqob narxi 5000 gacha ko‘tarildi
Jamiyat
−
07 fevral 2020
5774Respublika miqyosida dorixonalarda niqoblar taqchilligi kuzatilmoqda. Bu ularning narxiga ham ta’sir etmay qolmaydi. Shu sababli, respublika hududi bo‘ylab niqoblarning narxlari va ularning taqchilligini tekshirib tahlil qilindi Quyida O‘zbekiston iste’molchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining mamlakat hududidagi dorixonalarda sotilayotgan niqoblar narxi bo‘yicha xulosalarini keltirib o‘tamiz.
Respublika markazi hisoblangan Toshkent shahrida allaqachon niqob yetishmovchiligi bor, bu 60% dorixonalarni tashkil qiladi. Bor bo‘lsa ham 1000 so‘mdan 5000 so‘mgacha.
• Toshkent viloyatining 60 % dorixonasida 1500-2000 dan so‘m;
• Namangan viloyatining 50% dorixonasida esa 2000 so‘m;
• Farg‘ona viloyatida yesa bu ko‘rsatkich 50% dorixonalarda 1000 so‘m;
• Andijon viloyatida deyarli 100% dorixonalarning narxi 1000 dan 1500 so‘mgacha;
• Xorazm viloyatida o‘rtacha ko‘rsatkich 1500 so‘m, ammo 70% dorixonalarda niqob yetishmovchiligi mavjud;
• Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida esa deyarli 90% dorixonada niqob yo‘q. Bor bo‘lsa ham 1500 so‘mdan;
• Navoiy viloyatining 70 % dorixonasida umuman niqob yo‘q;
• Sirdaryo viloyati, 85-90% dorixonada niqob tugagan, narxi esa 1000 dan 1200 gacha;
• Buxoro viloyati dorixonasining 70% dorixonasida 1.500 dan 2000 gacha niqoblar sotilmoqda, 30 % da yesa 1000 so‘mdan sotilmoqda;
• Jizzax viloyatidagi niqoblar narxi 500 dan 5000 so‘mgacha.
“Koronavirus haqidagi xabar tarqaganidan hech qancha vaqt o‘tmay dorixonalarda niqoblarning narxlari shu tarzda sezilarli oshdi. Bu hali dorixonalarning siz bilan biz bilgan “biznes”i, bilmaganlarimizga esa, aniqlik kiritib albatta sizga bayon qilamiz”, deyiladi xabarda.
Federatsiyaning bildirishicha, dorixonalar odamlarning sog‘lig‘i uchun emas, balki allaqachon mo‘maygina daromad ko‘radigan shaxsiy biznesga aylanib ulgurgan.
Yangi koronavirus
Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.
Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.
Virusdan halok bo‘lganlar soni 638 nafarga, u bilan kasallanganlar soni 31 481 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.
LiveBarchasi