“Niqob”dagi Tina qaytdi
Madaniyat-san’at
−
24 dekabr 2022
17830“Niqob” badiiy filmidagi roli bilan tomoshabinlar e’tiborini qozongan Gollivud aktrisasi Kameron Dias sakkiz yillik tanaffusdan so‘ng kino sohasiga qaytdi. Bu haqda “Timeout” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 50 yoshli Kameron Dias 8 yillik tanaffusdan keyin “Bad in Action” komediyasida bosh rolni ijro etadi. Uni Londonda Jeymi Foks va Glenn Klouz kabi yulduzlar bilan birga suratga olish maydonchasida ko‘rishgan.
Kameron oxirgi marta 2014 yilda “Enni” musiqiy filmida ko‘rinish bergan. U filmda yovuz ayol Miss Xannigan rolini ijro etgan. Shundan so‘ng aktrisa oilasiga vaqt ajratish uchun karerasidan tanaffus oladi.
Ma’lumot uchun, Kameron Dias 1972 yil 30 avgustda tug‘ilgan. U san’at sohasidagi birinchi shuhratni “Niqob” filmidagi Tina Karlayl rolini o‘ynaganidan keyin qo‘lga kiritgan. Uning ekrandagi sherigi Jim Kerri edi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi