Nigeriyada vabodan o‘lganlar 100 nafarga yaqinlashdi

Olam

image

Joriy yilning 4 iyulidan 31 iyuligacha Nigeriyada vabo infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq 575 ta holat aniqlandi, 25 kishi kasallik tufayli vafot etdi. Bu haqda kecha, 23 avgust kuni Nigeriya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nigeriyada yanvar oyi boshidan beri vabodan vafot etganlar soni jami 91 nafarga yetdi. Epidemiya shu vaqt ichida Nigeriya poytaxti Abudja va 31 ta shtatga tarqalgan. Ushbu hududlarda 3610 ta vaboga chalinish holati aniqlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Vaboni “Vibrion” bakteriyasi keltirib chiqaradi. U oziq-ovqat va suv orqali yuqadi hamda kuchli diareya va suvsizlanishni keltirib chiqaradi. Agar davolanmasa, o‘limga olib keladi.

Nigeriyada yuqumli kasalliklar toza suv taqchilligidan tashqari, tibbiy xizmatlarning yetishmasligi tufayli ortib boryapti. Mamlakatda bezgak, poliomiyelit, tif isitmasi va maymun chechagi virusi bilan kasallanish holatlari tez-tez qayd etiladi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing