Nigeriyada juda kulgili penaltilar seriyasi bo‘lib o‘tdi (video)
Sport
−
15 iyul 2022
7308Nigeriyada yana bir futbol mojarosi avj oldi. “Remo Stars” va “Ijebu Yunayted” jamoalari kelishilgan o‘yinni o‘tkazishda gumon qilinmoqda. Bu haqda “Championat” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Remo Stars” va “Ijebu Yunayted” 2022 yilgi Nigeriyaning Ogun shtati kubogi finalida to‘qnash kelishgan. Uchrashuvning asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlangan va penaltilar seriyasida bu o‘yinda nimadir toza emasligi ma’lum bo‘lgan.
Avvaliga jamoalardan birining darvozaboni raqib tomonidan berilgan zarbani qaytarish o‘rniga shunchaki jim turgan. Keyinchalik xuddi o‘sha jamoaning zarba bergan futbolchisi to‘pni aql bovar qilmas darajada noaniq tepdi. Bu “omadsizlik”dan so‘ng futbolchi o‘zini umidsizdek ko‘rsatib, boshini changalladi. Biroq uning bu harakatlariga hech kim ishonmadi.
Nigeriyadagi kulgili “kelishuv” videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu vaziyatni kelishilgan o‘yin sifatida baholamayotganlar ham bor. Ularning nazarida hamma gap Nigeriyadagi futbol saviyasining pastligidadir.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi