Nigeriyada maymun chechagidan ilk o‘lim qayd etildi

Olam

image

Nigeriyada maymun chechagidan ilk o‘lim holati qayd etildi. Yil boshidan beri mamlakatda kasallikka chalinganlarning umumiy soni 21 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nigeriya Kasalliklarni nazorat qilish markazining xabariga ko‘ra, 21 yanvardan beri maymun chechagi bilan kasallanishning 61 holati tasdiqlangan. Kasallikka chalingan 40 yoshli erkak vafot etgan. Maymun chechagi mamlakatning to‘qqiz shtati va federal poytaxt Abujada qayd etilgan.

Bir qator G‘arbiy Yevropa davlatlarida joriy yilning aprel va may oylarida tarqalgan maymun chechagi virusi boshqa qit’alarda ham aniqlangan. Buyuk Britaniyadan tashqari, so‘nggi paytlarda Avstraliya, Belgiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Portugaliya, AQSH, Fransiya, Shveysariya va Shvetsiyada ham infeksiya holatlari qayd etilgan. 

Maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo bo‘lishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maymun chechagi epidemiyasi uchun o‘lim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, o‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing