Niderlandiyada noma’lum shaxslar masjidni yoqib yubordi
Olam
−
21 avgust 2022
14042Kecha, 20 avgust kuni Niderlandiyaning Eyndxoven shahri yaqinidagi Veldxoven jamoasida noma’lum shaxslar masjidga o‘t qo‘ydi. Bu haqda NOS telekanali xabar bergan.
Qayd etilishicha, o‘t o‘chirish boshqarmasi yong‘inni o‘chirishga bir soat vaqt ketganini aytgan.
Yong‘in mahalliy vaqt bilan 02:30 atrofida sodir bo‘lgan va bino katta zarar ko‘rgan. Fakt yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
NOS xabariga ko‘ra, iyun oyida “İslamplanning” masjidi Veldxovenga ko‘chirilgan, bu esa mahalliy aholining noroziligiga sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi