Niderlandiyada ham namoyishlar avj oldi (fotoreportaj)

Olam

protesto_3443

Niderlandiyada mahalliy aholi koronavirusga qarshi kurash uchun Hukumat tomonidan joriy qilingan chora-tadbirlarga qarshi chiqdi. 

Mamlakatning bir qator shaharlarida uyushtirilgan tartibsizliklar ortidan 240 dan ortiq odam hibsga olingan. 

Amsterdam shahridagi Muzey maydonidagi namoyishlarda qatnashgan 190 nafar namoyishchi, ochiq zo‘ravonlik qilgani uchun 33 nafar jinoyatchi (ulardan yetti nafari voyaga yetmagan) hibsga olingan. 

Qo‘lga olingan shaxslarning 142 nafari shahar qonunchiligini buzganlikda, yana 15 kishi esa 184-modda, ya’ni, politsiya talablariga bo‘ysunmaslikda ayblanmoqda. 

Qayd etilishicha, tartibsizliklar kecha, 24 yanvar kuni mamlakatda komendantlik soati amalga kirgandan so‘ng boshlangan. 

Mamlakatning Xelmond shahrida namoyishchilar xavfsizlik kuchlariga tosh uloqtirishgan. Venlo shahrida bir nechta do‘kon oynalari singan. Boshqa shaharlarda esa odamlar o‘t qo‘ygan.

Amsterdamda politsiya mitingni tarqatish uchun tayoqchalar va suv purkagichlardan foydalangan, Eyndxovenda esa ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Niderlandiya Hukumati joriy yilning 9 fevraligacha kuchli lokdaunni uzaytirgan. 

Mamlakatda faqatgina oziq-ovqat va zarur mollar sotiladigan do‘konlar mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Kafe, restoran, teatrlar, muzeylar, ko‘ngilochar markazlar, hayvonot bog‘lari, sartaroshxonalar, go‘zallik salonlari, kazinolar, saunalar, basseynlar, sport zallari butunlay yopilgan. 

2020 yil 16 dekabrdan boshlab Niderlandiyadagi barcha ta’lim muassasalari masofaviy rejimga o‘tgan. 

Kecha, 24 yanvardan esa Niderlandiyada komendantlik soati boshlangan. Unga ko‘ra, soat 21:00 dan 04:30 gacha uzrsiz sababsiz ko‘chaga chiqish taqiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Niderlandiya namoyishlar

Baholaganlar

84

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing