Niderlandiya dunyoning eng boy oilasidan qimmatbaho portretni sotib olmoqchi

Olam

image

Niderlandiya hukumati XVII asrda yashagan golland rassomi Rembrandt van Reynning avtoportretini sotib olishga 150 million yevro (170 million dollar) ajratdi. Bu haqda BBC News xabar berdi. 

Hukumat Gollandiya madaniyati va tarixi uchun o‘ta muhim sanalgan asarni sotib olish uchun parlamentdan ruxsat berishini talab qilmoqda. Niderlandiya hukumati suratni sotib olish uchun 150 million yevro (170 million dollar) ajratgan, Muzey fondi yana 10 million yevro, Rembrandt uyushmasi esa 15 million yevro qo‘shadi.

Qayd etilishicha, Fransiya avtoportretni sotib olish huquqidan voz kechib, uni ochiq bozorda sotishga ruxsat bergan. Shundan so‘ng, Niderlandiya rasmni Rotshildlarning shaxsiy kolleksiyasidan sotib olishga qaror qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, gollandiyalik rassomning avtoportreti 1844 yildan beri Rotshildlar oilasining fransuz bo‘limiga tegishli.

Avtoportretni rassom 30 yoshida chizgan. 1636 yilgi rasmda Rembrandt o‘zini 1648 yilda Niderlandiya mustaqilligi bilan yakunlangan sakson yillik urushni boshqaruvchi shaxs sifatida tasvirlagan.


Maqola muallifi

Teglar

avtoportret

Baholaganlar

335

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar