Niderlandiya Bosh vaziri karantinni muddatidan oldin bekor qilgani uchun uzr so‘radi

Olam

image

Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryutte COVID-19 sabab qo‘yilgan cheklovlarni juda erta bekor qilgani uchun uzr so‘radi. Chunki, mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayta avj olmoqda.

“Biz bexosdan harakat qildik, bu uchun afsuslanamiz va buning uchun uzr so‘raymiz” deya ta’kidladi Ryutte.

Qayd etilishicha, cheklovlarning muddatidan oldin olib tashlanishi tufayli pandemiya boshlanganidan beri kasallanish eng yuqori darajaga yetgan.

Xususan, Niderlandiyada 26 iyundan boshlab niqob taqish majburiyati bekor qilindi. Biroq, ushbu qoidalar jamoat transporti, aeroportlar, samolyotlar, maktablar va bir-biridan bir yarim metr masofani saqlash imkonsiz bo‘lgan boshqa joylarda qo‘llanilmaydi.

Bundan tashqari, mamlakatda diskotekalar faoliyati qayta tiklandi, ammo klublarga faqat COVID-19 uchun salbiy test natijasini namoyish qilish orqali kirish mumkin.

Umuman olganda, Niderlandiyada pandemiya paytida 1,7 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 17,7 mingdan ortiq bemor vafot etdi, 1,65 milliondan ortiq odam kasallikdan davolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing