Nihoyat Instagram’ga kutilgan funksiya qo‘shiladi
Texnologiya
−
14 iyun 19621 1 daqiqa
Instagram eng kutilgan funksiyalardan birini taqdim etdi. Endi profildagi postlarning o‘rnini almashtirish mumkin bo‘ladi. Bu haqda “Rozetked” xabar berdi.
Qayd etilishicha, endilikda foydalanuvchilar postlarni kerakli tartibda qo‘lda joylashtira oladi. Buning uchun ularning nashr qilingan vaqtiga va ketma-ketligiga amal qilish shart emas. Yangi funksional imkoniyat Instagram tomonidan mualliflarni qo‘llab-quvvatlash uchun ishga tushirilayotgan Anyway nomli tashabbus doirasiga kiradi. Uning maqsadi – “mukammal kontent” atrofidagi bosimni yo‘qotish va ijoddan zavqlanishni qaytarish.

Postlar tartibini o‘zgartirish “sudrab olib o‘tish” (drag-and-drop) orqali amalga oshiriladi. Buning uchun profilni tahrirlash tugmasini bosish kifoya. Shunda postlarni “sozlash” funksiyasi yoqiladi.
Yangilanish yaqin haftalarda e’lon qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek, yana bir yangi funksiya – foydalanuvchilarga Instagram’da Spotify’da tinglayotgan musiqalarni eslatma sifatida ulashish imkoniyati paydo bo‘ladi. Musiqa real vaqt rejimida yangilanib boradi, foydalanuvchilar esa havola orqali trekni ijro etishi mumkin bo‘ladi.
Meta’ning ta’kidlashicha, har ikkala funksiya ham auditoriyaning istaklariga javob va platformani yanada moslashuvchan va jonli qilish yo‘lidagi qadam hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq endilikda 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar Instagram’da onlayn jonli efirni boshlashdan oldin ota-onasining ruxsatini olishlari talab etilishi xabar qilingan edi.
Live
Barchasi