Nihoyat! “Barsa” yangi futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi Robert Levandovski, Frank Kesse, Rafinya Dias, Andreas Kristensen, Usmon Dembele va Serji Robertoni La liga uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub “Barca Studios” (jamoaning media xizmati) huquqlarining 24,5 foizini “Orpheus Media” kompaniyasiga 100 million yevroga sotib, to‘rtinchi dastakni ishga tushirgach, yangi kelgan futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. 

Qayd etish kerakki, “Barselona” faqatgina “Sevilya”dan olib kelingan himoyachisi Jyul Kundeni ro‘yxatdan o‘tkazolmagan, xolos. Kunde Ispaniya chempionati ro‘yxatiga kiritilishi uchun “Barsa” yana biroz oyliklarni kamaytirib, kamida bitta futbolchisini sotishga to‘g‘ri keladi.

“Barsa” rahbariyati ham keraksiz futbolchilardan qutulish niyatida. Ayni damda Memfis Depayning “Yuventus” bilan muzokaralar olib borayotgani aytilmoqda. Shuningdek, ko‘plab manbalar yarim himoyachi Frenki de Yongning kelajagini “Chelsi”ga bog‘layapti. Bundan tashqari, Martin Breytueyt, Samuel Umtiti, Serjino Dest va Per-Emerik Obameyang ham klubni tark etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, yozgi transfer oynasida Frank  Kesse va Andreas Kristensen erkin agent sifatida “Barselona” bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, “Lids” yarim himoyachisi Rafinya Dias 58 million yevroga va Robert Levandovski “Bavariya”dan 45+5 million yevro evaziga xarid qilindi. Qolaversa, “Sevilya” futbolchisi Jyul Kunde 50 million yevro evaziga sotib olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing