“Nihol” mukofoti sovrindorlari hokimliklarga ijodiy maslahatchi etib biriktirildi
Jamiyat
−
22 noyabr 2019
4232“Nihol” mukofoti sovrindorlari hokimliklarga madaniyat va san’at masalalari bo‘yicha ijodiy maslahatchi sifatida jamoatchilik asosida biriktirildi. Bu haqda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish orqali ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarorida keltirib o‘tilgan.
Qarorga muvofiq, Andijon viloyatida yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga jalb qilish orqali bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish tizimi respublikaning boshqa hududlarida ham keng joriy etiladi.
“O‘zbekiston xalq artisti”, “O‘zbekiston xalq rassomi” kabi bir qator faxriy unvonlarga ega bo‘lgan san’atkorlar, ijodkorlar va madaniyat xodimlari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari hokimliklarga madaniyat va san’at masalalari bo‘yicha ijodiy maslahatchi sifatida jamoatchilik asosida biriktirildi.
Mazkur ijodiy maslahatchilarning asosiy vazifasi tegishli hududdagi yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish yuzasidan hokimliklarga metodik, ijodik va tashkiliy jihatdan yordam berishdan iborat.
Shuningdek, qarorga ko‘ra 2019 yil yakuniga qadar har bir tuman va shahar markaziy madaniyat markazida jamoatchilik shaklida bittadan teatr jamoasi, vokal cholg‘u ansambli, ashula va raqs ansambli hamda namunaviy bolalar ansambli tashkil etiladi.
LiveBarchasi