Neymarning faoliyatida yangi sahifa ochildi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi futbolchisi Neymar kecha “Bordo”ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etdi. Mazkur gol braziliyalikning faoliyatida yangi sahifa ochishga yordam berdi. ESPN Stats nashri ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur gollar 29 yoshli hujumchining faoliyati davomida kiritgan 400 va 401-gol bo‘lgan. 

Neymar bahsdagi birinchi golini vatandoshi, xonanda, Lotin Gremmi sovrindori Mariliya Mendoka xotirasiga bag‘ishladi. Mendoka bundan bir necha kun oldin samolyotda halokatga uchrab vafot etgandi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ mehmonda “Bordo”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng, parijliklar hisobidagi ochkolar soni 34 taga yetdi. Klub Liga 1 musobaqasi turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Neymar joriy mavsum Fransiya chempionatining 2021/2022 yilgi mavsumida sakkiz uchrashuvda uchta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Neymar fransuz klubi tarkibida 90 ta gol urgan. U PSJ tarixidagi eng yaxshi sakkiz to‘purar orasiga kiradi.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing