Neymar sobiq klubiga qaytadi – manba
Sport
−
18 noyabr
3502“Al-Hilol” klubining braziliyalik hujumchisi Neymar “Santos” bilan shartnoma imzolashga rozi bo‘ldi. Bu haqda futbol jurnalisti Sezar Luis Merlo X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, futbolchining vakillari Saudiya klubi bilan shartnomani bekor qilish ustida ishlamoqda. Neymarning Braziliya klubiga qaytishi 25 noyabr kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan, o‘sha kuni “Santos” Braziliya Ikkinchi ligasining joriy mavsumidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi.
Joriy mavsumda 32 yoshli hujumchi Riyod klubi safida 2 ta o‘yin o‘tkazdi. U mavsumning aksar qismida jarohati sabab maydonga tusha olmadi.
Ma’lumot uchun, Neymar “Al-Hilol”ga 2023 yilning avgustida kelib qo‘shilgandi. Futbolchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” internet portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 32 yoshli hujumchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida boshida futbolchi jarohat olib, safdan chiqqanligi xabar qilingandi.
Neymar o‘zbekistonlik Jaloliddin Masharipov to‘p tepadigan Eronning “Istiqlol” jamoasiga qarshi o‘yinda oyog‘ida og‘riq his qildi.