Neymar PSGdan ketmoqchi emas

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Neymar Junior yaqin orada fransuz klubini tark etmoqchi emas. U bu haqda YouTube'dagi “My Goal” kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

"Ayni damda menga hech kim hech narsa demayapti, biroq mening PSJda qolmoqchi ekanligim aniq", degan 30 yoshli futbolchi.

Avvalroq, Parij klubi braziliyalik hujumchiga munosib taklif tushsa, u bilan xayrlashishga tayyorligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Neymar PSJ tarkibida 28 o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali braziliyalik iqtidor egasini 90 million yevroga baholamoqda. 30 yoshli braziliyalik futbolchining fransuz klubi bilan shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing