Neymar qurolli hujum uyushtirishda ayblanyapti
Sport
−
15 may 2021
12105Braziliyalik siyosatchi va faol Agripino Magalyaesh Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi va Brazilya terma jamoasi hujumchisi Neymarni o‘ziga hujum qilishda aybladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Magalyaesh San-Paulu sudiga da’vo kiritgan. U Neymarning gomofobik chiqishlari haqidagi qator reportajlaridan keyin shunday ayblov e’lon qilgan.
Magalyaesh Neymarning advokati Davi de Payvu Kosta Tangerinni o‘lim bilan tahdid qilishda ayblagan.
U Neymar va uning advokati tahdidi sabab yashirinishga majbur bo‘layotganini ta’kidlagan.
U sud orqali million real (155 ming yevro) kompensatsiya undirib olish niyatida.