Neymar Angliya klubiga o‘tishi mumkin

Sport

image

Angliyaning “Nyukasl” futbol klubiga egalik qilish huquqi Saudiya Arabistoni suveren fondiga o‘tgach, jamoa dunyodagi eng boy klubga aylandi. Ingliz matbuoti “Nyukasl”ning yangi sohiblari joriy yilning yoz oylarida transfer bozorini “portlatishi” haqida yoza boshladi.

“Nyukasl” vakillari PSJning braziliyalik hujumchisi Neymar atrofidagi vaziyatni jiddiy ravishda kuzatib bormoqda. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

30 yoshli braziliyalik futbolchiga parijlik muxlislar tomonidan iliq munosabat bildirilayotgani yo‘q. Fransiya chempionati doirasida PSJning “Bordo”ga qarshi kechgan uchrashuvida muxlislar Neymarga nisbatan hushtakbozlik qildi. Bu holat Neymarga yoqmagan va u yangi loyihalarni o‘rganib chiqishga qarshi bo‘lmasligi mumkin.

Avvalroq, Qatar amiri Neymarni sotib yubormoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, PSJ rasmiylari braziliyalik iqtidor egasini “Barselona”ga taklif qilgani haqida ham xabar bergan edik.

Ma’lumot o‘rnida, Neymar PSJ safiga 2017 yili Ispaniyaning “Barselona” klubidan 222 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi. Bu transfer haligacha dunyo futbolidagi eng yirik xarid hisoblanadi. Joriy mavsum Neymar PSJ tarkibida 20 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi. “Ttransfermarkt” portali 30 yoshli futbolchini 90 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

172

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing