Nexia haydovchisi 4 yashar qizchani urib, qochib ketdi. Qizcha vafot etdi 

3-sahifa

image

Samarqandda Nexia-3 rusumli avtomobil 4 yoshli qizni urib yubordi. Oqibatda qizcha shifoxonada vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 31 may kuni 15 hamda 4 yoshli qizlar Oqdaryo tumani Kumushkent mahallasi hududidagi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan vaqtida, katta tezlikda harakatlanib kelayotgan Nexia-3 rusumli avtomobil 4 yoshli qizchani urib yuborgan. 

Shundan so‘ng, haydovchi og‘ir tan jarohati olgan qizni tuman tibbiyot birlashmasiga olib borib, o‘zi qochib ketgan. Qizcha esa shifoxonada vafot etgan. 

Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlarining tezkor qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida mazkur yo‘l-transport hodisasini sodir etgan etgan haydovchi topilgan. 

Hozirda ushbu ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

659

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing