Nemis mutaxassisi: “Tibbiy niqoblar koronavirusdan himoya qilmaydi”

Olam

image

Koronavirusdan himoyalanish uchun qo‘lingizni sovun bilan yuvish kifoya qiladi. Tibbiy niqoblar virusdan yetarli darajada himoya qilmaydi. Bu haqda bugun, 2 mart kuni Berlindagi brifingda Charite Berlin klinikasi rahbari Petra Gastmayer ma’lum qildi.

"Qo‘lingizni sovun bilan yaxshilab yuvishning o‘zi virusni daf qilish uchun yetarli. Albatta, suv topish imkoni bo‘lmagan vaqtda yoki safar paytida, antiseptik vositalarni olib yurish kerak", deydi Gastmayer.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot xodimlariga niqoblar kerak, chunki ular bemorlar bilan aloqa qilishda o‘zlarini himoya qilishlari lozim. Ammo barcha odamlar niqoblarda yurishining ma’nosi yo‘q.

"Niqoblar yordam bermaydi, bu kasallik keng tarqalgan Xitoy va Yaponiyada tasdiqlandi. Bu noto‘g‘ri yo‘l ekanligi oydek ravshan bo‘lmoqda", dedi mutaxassis.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

252

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing