SSV hamda obodoshlantirish tizimida asossiz sarflagan pullar aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan joriy yilning I yarim yilligida olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida ayrim byudjet muassasalari tomonidan byudjet mablag‘larini sarflanishida tizimli ravishda byudjet qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani aniqlandi. 


Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidadagi Sirdaryo viloyat Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bosh hisobchi va g‘aznachi tomonidan pullik xizmat hisobidan kirim qilingan 231,5 million so‘m naqd pul mablag‘larini to‘lov qaydnomalarni qalbakilashtirilgan yo‘l bilan o‘zlashtirib yuborilgan.

Toshkent tuman tibbiyot birlashmasida avans to‘lovlarini ish haqidan ushlamaslik, ortiqcha mukofot pullarining hisoblanishi va shifokorlar tomonidan bajarilmagan ish uchun ish haqi hisoblanishi natijasida 148,2 million so‘m byudjet mablag‘i asossiz sarflangan.

Shuningdek, Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasida 119,8 million so‘m,  Mirobod tuman tibbiyot birlashmasida 87,1 million so‘m ortiqcha to‘lovlarga yo‘l qo‘yilgan. Uchqo‘rg‘on tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazida 75,6 million so‘m, Farg‘ona shahar Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazida 29 million so‘m miqdoridagi mablag‘lar muassasa hisob-raqamiga kirim qilinmagan.

Tuman (shahar) Obodonlashtirish boshqarmalarida ham xuddi shunday holatlar kuzatilgan.

Jumladan, Kattaqo‘rg‘on tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bosh hisobchisi tomonidan 373,5 million so‘m byudjet mablag‘ini o‘zining va 2 nafar qabriston nazoratchilarining plastik kartochkasiga asossiz o‘tkazib yuborilgan.

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasida 297,3 million so‘mlik asosiy vositalar va tovar moddiy boyliklar kamomadiga yo‘l qo‘yilgan.
Nishon tumanida 88,4 milion so‘m bajarilmagan ishlarga qo‘shib yozilgan.

Urganch tuman obodonlashtirish boshqarmasida 51,1 million so‘m byudjet mablag‘lari xodimlarga ortiqcha to‘langan. “Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risida nizom” talablariga rioya qilinmasdan 2018 yilda xarid qilingan 37,4 million so‘mlik asosiy vositalar hisobdan chiqarib yuborilgan.

Yangiyer shahar obodonlashtirish boshqarmasida 37,3 million so‘m ustama pullari ortiqcha to‘langan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing