Nega Ramazon oyida arab xurmosi bilan og‘iz ochish odat bo‘lgan?

Foydali

image

Arab xurmosini qadimdan ota-bobolarimiz sevib tanavvul qilgan. Uning tarkibidagi, organizmga kerakli 23ta aminokislota boshqa mevalarda uchramaydi.

Uning tarkibida ochlik hissini bartaraf etish hususiyati mavjud. Shuning uchun ham, ro‘zadorlar og‘iz ochganda xurmo tanavvul qilsa, ishtaha orom oladi va buning natijasida birdan ko‘p ovqat yeb qo‘yishning oldi olinadi.

Arab xurmosini doimiy ravishda, kuniga kamida 3-4 dona yeb turilsa, ko‘p kasalliklardan forig‘ bo‘lishga yordam beradi. Hususan, yurak, bo‘yrak va jigarga quvvat bag‘ishlaydi, kamqonlikda foydali, immunitetni oshiradi, ichak mikroflorasini yaxshilaydi, o‘pka faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, charchoq, uzoq vaqt davom etgan kasallikdan so‘ng organizmga kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Shuningdek, saraton kasalliklari rivojlanish xavfini pasaytiradi, inson miya faoliyatini yaxshilaydi.

Ayniqsa, quritilgan arab xurmosining Yevropa ittifoqi davlatlarida eng keng tarqalgan “Deglet nur” navi bu xususiyatlarni o‘zida ko‘proq jamlagan. Ilk bor Mesopotamiyada bo‘y cho‘zgan bu palma daraxti mevalari shifobaxsh va yirikligiga ko‘ra foydali hisoblangan. Mazkur navga “Qirollar navi” deb nom qo‘yilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing