Neft ishlab chiqarishning keskin kamayishi Saudiya va Rossiyaning o‘zaro kelishuvimi?

Olam

image

O‘tgan hafta Saudiya Arabistoni Rossiya bilan birgalikda, OPEC+ yig‘ilishida neft qazib olishni kuniga 2 million barrelga qisqartirishga qaror qildi va shu bilan gaz narxini Rossiya foydasiga ko‘tardi. Bu “dahshatli” harakat global inflyatsiyani yomonlashtiradi, AQSHda gaz narxini pasaytirish bo‘yicha muvaffaqiyatli sa’y-harakatlarga putur yetkazadi va Putinning Ukrainaga bostirib kirishini yanada osonlashtiradi. Bu haqda “Politico” yozmoqda.

Saudiya Arabistonining qarori AQSH uchun keskin zarba bo‘ldi, ammo AQSHning ham javob berish yo‘li bor: Amerika saudiyaliklarga harbiy texnologiya yetkazib berishni  darhol to‘xtatib qo‘yishi mumkin. 

Senator Richard Blumental va vakil Ro Xanna 11 oktyabr kuni Senat va Vakillar palatasida AQSHning Saudiya Arabistoniga barcha qurol-yarog‘ sotishlarini darhol to‘xtatuvchi ikki palatali qonun loyihasini taklif qilmoqchi. Bir necha yildirki, Senatda shunga o‘xshash takliflar ko‘rib chiqilmoqda. Bu safar Rossiya va Saudiya Arabistonining o‘zaro “til biriktirishi” hammasini o‘zgartirishi mumkin.

Hayratda qolgan energetika sharhlovchilari saudiyaliklar o‘zlarining xavf ostida qolgan moliyaviy daromadlari haqida qayg‘urishgan va oqilona harakat qilishgan, deb taxmin qilishdi.

Ammo bu da’vo asossizdir. OPEC+ hech qachon katta bozorda bunday rekord darajadagi qisqartirishni amalga oshirmagan. Ishlab chiqarishni qisqartirish neft zaxiralarining barqaror darajada past bo‘lishiga olib keladi, bu esa neft narxini har qanday holatda ham “osmonga ko‘taradi”. Bundan tashqari, G-7 neft narxini cheklash rejasi OPEC’ga emas, Rossiyaga  mo‘ljallangan.

Saudiya Arabistonining bu harakatini, uning rahbarlari ta’kidlaganidek, aslida mavjud bo‘lmagan global inqiroz bilan ham oqlab bo‘lmaydi. Hozirda bozorlar juda avjida, Saudiya Arabistoni uchun 73 foizlik foyda marjasi mavjud.

Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, Saudiya Arabistoni Rossiya foydasiga AQSHga zarar yetkazmoqchi bo‘lmasa, ta’minotni kamaytirishga shoshilinch ehtiyoj yo‘q edi. 

So‘nggi paytlarda har bir OPEC+ a’zosi katta daromad ko‘rmoqda – Rossiya bundan mustasno, chunki u OPEC’ning eng kam samarali ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Neft qazib olish Rossiyaga 46 dollar/barrelga tushadi, ammo AQSH texnologiyasi bilan Saudiyaning neftga sarfi atigi 22 dollar/barrel.

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, Saudiya Arabistoni Yaqin Sharqdagi energiya xavfsizligi va barqarorligi, global iqtisodiy farovonlik va Eronga qarshi mintaqaviy ittifoqchi sifatida muhimligicha qolmoqda, ammo bu hafta katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Mamlakatning Rossiyani qo‘llab-quvvatlashi AQSH va Saudiya Arabistoni munosabatlarini keng ko‘lamli qayta ko‘rib chiqishga sabab bo‘lishi mumkin.

Musulmon Ziyo


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

215

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing