NBA. “Uorriors” va “Sans” to‘xtamayapti

Sport

image

Kecha, 7 fevral sanasida basketbol ishqibozlari  bir qator murosasiz uchrashuvlar guvohiga aylanishdi. Amerika Milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA) chempionligiga asosiy da’vogarlar shu kecha navbatdagi sinovdan o‘tishdi. Oklaxoma shahriga safar uyushtirgan “Uorriors” jamoasi 110-98 hisobida raqiblaridan ustun keldi. Yakunda har ikki jamoa ham jadvaldagi o‘z o‘rnini saqlab qoldi. G‘arbiy konferensiyada oklaxomaliklar 17 g‘alaba, 36 mag‘lubiyat bilan 14-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, "Golden-Steyt" jamoasi esa 41 g‘alaba va 13 mag‘lubiyat bilan 2-pog‘onada bormoqda.

Uchrashuvda eng ko‘p ochkoni “Tander” jamosi vakili Lugens Dort (25) to‘plagan bo‘lsa eng yaxshi o‘yinchi maqomiga 21 ochko, 10 assist hamda 9 rebond (halqadan qaytgan to‘pni egallab olish) natijasi qayd etgan Stef Karri ega bo‘ldi. 

Mazkur o‘yinda uch marta uch ochkoli urinishni aniq amalga oshirgan Kley Tompson barcha davralarda 3 ochkoli aniq urinishlar ro‘yxatida birdaniga “Klippers”ning 2 o‘yinchisi – Chonsi Billaps va Pol Jorjdan o‘zib ketib, 18-o‘rindan joy egalladi.

Shuningdek, kechagi bahslarda sharqiy konferensiyada 2-o‘rinda borayotgan “Bulls” jamoasi “Yunayted Sentr”da g‘arbiy konferensiya yetakchisi “Sans” jamosini qabul qilib, 124-127 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan keyin Finiks vakillari peshqadamlikni saqlab qolgan bo‘lsa, chikagoliklar 4-o‘ringa tushib ketishdi. 38 ochko jamg‘argan Devin Buker bahsning eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi.
Bundan tashqari, 7 fevral dasturlaridan o‘rin olgan  3 uchrashuvdagi natijalar bilan quyida tanishib olishingiz mumkin.

“Uizards” – “Xits” 100:121
“Jaz” – “Niks” 113: 104
“Xornets” – “Reptors” 101:116.

 

Navro‘zbek Mamaziyoyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing